Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Muzokaralar yakunida bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Sputnik
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, tashrif dasturiga muvofiq Dushanbe shahrida oliy darajadagi muzokaralar, qator ikki tomonlama uchrashuvlar va qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar yakunida turli sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan bitimlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.
Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifidan nimalar kutilmoqda?