Migratsiya agentligi 2024-yilda necha kishini xorijga jo‘natganini aytdi

Yil boshidan buyon 827 nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatilgan, 197 kishi O‘zbekistonga olib kelingan.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Yil boshidan buyon 23,5 ming kishi xorijga ishga joylashtirildi, dedi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili Ortiqxo‘ja Norov.
Agentlik tomonidan 2024-yilda quyidagilar amalga oshirilgan:
23 535 kishiga Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, BAA, Germaniya, Latviya, Belarus, Litva, Yaponiya, Polsha va boshqa davlatlarda tashkiliy va manzilli tartibda ishga joylashishiga ko‘maklashildi.
Jami 73 mingdan ortiq fuqarolarga turli axborot, huquqiy va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi.
827 nafar fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatildi.
Og‘ir vaziyatga tushib qolgan fuqarolardan 22 nafari vaqtinchalik xostellarga joylashtirilgan, 197 nafari O‘zbekistonga olib kelingan.
Xorijdagi vakolatxonalari aralashuvi bilan fuqarolarning ish beruvchilaridan 186 ming AQSh dollariga yaqin ish haqlari undirib berilgan.
Bundan tashqari, xorijda ishlash istagida bo‘lgan 13 476 nafar fuqaroga 30 ga yaqin turdagi kasblarni o‘rgatishga va 2 980 nafar fuqarolar nemis, ingliz, koreys, yapon va boshqa chet tillariga o‘qishga jalb qilingan.
Shuningdek, Germaniya, Turkiya, Belarus, Latviya, Saudiya Arabistoni, Litva, Serbiya, Xorvatiya, Buyuk Britaniyadagi ish beruvchilar va rekruting agentliklari bilan O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish bo‘yicha 28 ta shartnoma imzolangan.
Migratsiya jarayonida o‘zgarishlar kutilmoqda — prezident farmoni