“Ushbu dahshatli qonli teraktning aybdorlari, sheriklari, tashkilotchilari, boshqa aloqador shaxslar qayerda yashiringan bo‘lishidan qat’i nazar, jinoyat izlarini qanday chalg‘itishga urinmasin, munosib jazoga tortiladi”, — dedi Patrushev Arxangelskdagi xavfsizlik bo‘yicha yig‘ilishda.
“Tekshiruv davomida ushbu teraktning bevosita ijrochilari va ukrainalik millatchilar o‘rtasidagi aloqalar tasdiqlandi va protsessual jihatdan aniqlandi”, - dedi Patrushev.
Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida 2024-yil 22-mart kuni terakt sodir etilgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchilar binodagi odamlarga o‘q uzgan va tomosha zalini yoqib yuborgan. Oqibatda 149 kishi halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan, 609 kishi jarohat olgan. Yetkazilgan zarar qariyb 6 milliard rubl deb baholangan.
Voqeadan bir necha soat o‘tib, teraktning 4 nafar ijrochilari Razan viloyatida Ukraina chegarasiga yaqin joyda hibsga olingan edi. Keyinchalik ularning guvohlik berishicha, ularga Ukraina chegarasidan o‘tish uchun maxsus "tuynuk" tayyorlangan.
G‘arb davlatlari terakt sodir bo‘lgan zamondanoq hujum ortida Ukraina emas, IShID* turganini ta’kidlab kelmoqda. Shuningdek, G‘arb OAVlarida terakt haqida ma’lumot juda kam, va aksariyat hollarda u yerda qurbonlar soni ham ataylab ko‘rsatilmagan.