FSB sobiq SBU xodimi mashinasi ostiga bomba o‘rnatgan shaxsni hibsga oldi — video

Sobiq SBU xodimi Vasiliy Prozorovning mashinasi Moskvada o‘tgan juma kuni portlatib yuborilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) Moskvada sobiq Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) zobiti Vasiliy Prozorovning mashinasi ostiga bomba o‘rnatgan shaxsni qo‘lga oldi.
U 1983-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi bo‘lib chiqdi. 2014-yildan buyon Ukrainada yashab kelgan va SBU tomonidan yollangani ma’lum bo‘ldi. Mart oyida u Rossiyaga keldi, radio boshqariladigan portlovchi qurilmaning tarkibiy qismlarini oldi, uni yig‘di va Prozorovning mashinasini minaladi, ilgari SBU sobiq zobiti yashagan hududda razvedka ishlarini olib bordi.
Qo‘lga olingan shaxs aytishiga ko‘ra, SBU ko‘rsatmasi bilan u dastlab Prozorovning ortidan kuzatgan, keyin esa yo‘riqnomaga asosan portlovchi moslama yasab, uning mashinasi ostiga o‘rnatgan.
Hujumchi Ukraina maxsus xizmati rahbari Vasiliy Malyukning bevosita buyrug‘i bilan harakat qilganini ta’kidladi.
Mazkur holat yuzasidan odam o‘ldirishga suiqasd, portlovchi moddalar yoki portlovchi moslamalarni qonunga xilof ravishda saqlash, tashish yoki moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bundan tashqari, hibsga olingan shaxs terrorizm va davlatga xiyonatda ayblanishi mumkin. Jinoyat tashkilotchilari va sheriklari, jumladan, xorijliklar qidiruvga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan juma kuni Moskvaning Korovinskoe shossesida "Toyota Land Cruiser" yo‘ltanlamas avtomobilining portlashi oqibatida avtomobil egasi SBUning sobiq xodimi Vasiliy Prozorov jabrlangani ma’lum bo‘ldi.
Prozorov 2014-yilgacha Zaporojye viloyati SBU bo‘limida ishlagan. 2014-yilda u Kiyevga maxsus xizmatning markaziy idorasiga o‘tib, aksilterrorchilik markazida xizmat qilgan. 2018-yilda u Rossiyaga ko‘chib o‘tdi. So‘nggi yillarda u Kiyevdagi jinoyatlarni tergov qilgan. RIA Novosti xabariga ko‘ra, Prozorov 2014-yil 2-may kuni Odessadagi voqealarga bag‘ishlangan film tayyorlayotgan edi.