Toshkentga yangi maqom berish marosimi qanday o‘tdi?

Shahar Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining yoshlar poytaxtiga aylandi. Bu haqdagi qaror o‘tgan yili Sochida MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qabul qilingan edi.
Sputnik
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida “MDH yoshlar poytaxti” xalqaro loyihasi boshlandi. Tantanali marosimda O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qo‘rg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Toshkent MDHning birinchi yoshlar poytaxti bo‘lishi to‘g‘risida qaror 2023-yil 8-iyun kuni Sochida mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi hukumat rahbarlari Kengashining "MDHning yoshlar poytaxti" xalqaro loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yig‘ilishida qabul qilingan.
Muhim voqea munosabati bilan Yoshlar ijod saroyida maxsus monument ochildi.
Toshkent – MDHning birinchi yoshlar poytaxti
“Quvonarlisi, ular bundan 5-yil avval “Yoshlar poytaxti” g‘oyasini ilgari surgan edi. Bugun esa Toshkentda biz MDHning birinchi yoshlar poytaxti ishini ifodalovchi monumentni ochmoqdamiz. Bu quyoshli Toshkentda bo‘layotganidan juda xursandmiz”, — dedi Rossiya Federatsiyasi Yoshlar ishlari bo‘yicha Federal agentligi rahbari o‘rinbosari Denis Ashirov.
Marosim ishtirokchilariga MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ham murojaat yo‘lladi. U o‘z so‘zida ko‘pmillatli Toshkent Hamdo‘stlik shaharlari ichida birinchi bo‘lib MDH Yoshlar poytaxti degan yuksak maqomini olganini alohida ta’kidladi.
Toshkent – MDHning birinchi yoshlar poytaxti
“Bugun biz imkoniyatlar va yangi ufqlar eshiklarini ochmoqdamiz. Bu loyiha ilhom, almashinuv va hamkorlik maydoniga aylansin”, — deya qo‘shimcha qildi Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova.
Poytaxt hokimligiga Toshkent shahriga yangi maqom berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani MDHga a’zo davlatlar Yoshlar masalalari bo‘yicha kengashi kotibiyati rahbari o‘rinbosari Tatyana Kovaleva topshirdi.
2025 yilda Ozarbayjonning Qabala shahri yangi yoshlar poytaxtiga aylanadi, 2026-yilda esa bu maqom Armanistonning Kapan shahriga o‘tadi.
Toshkent yoshlar bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega — Sergey Lebedev