Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina Rossiya QKning frontdagi ustunligini tan oldi — OAV

Maqolada qayd etilishicha, Ukrainaga ko‘proq askar, ko‘proq qurol va ko‘proq G‘arb yordami kerak.
Sputnik
TOShKENT, 14 apr — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari ofitserlari Rossiya armiyasining frontdagi ustunligi haqida gapirdi, deb yozadi “La Vanguardia”.
“Ukrainalik generallar tan olishlaricha, rus qo‘shinlari ukrainaliklardan yetti-o‘n baravar ko‘p, biroq ularda (Ukraina Qurolli kuchlari – tahr.) dushmanni to‘xtatib turish uchun yetarli qurol bo‘lmasa, frontda ko‘proq odam bo‘lishi ham yetarli bo‘lmasligi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Maqolada qayd etilishicha, ikki yildan ortiq davom etgan mojarodan so‘ng Ukraina 2022-yil fevralidan beri eng og‘ir ahvolga tushib qolgan. Unga ko‘proq askar, ko‘proq qurol va ko‘proq G‘arb yordami kerak.
2 aprel kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Qurolli kuchlari rahbariyati bilan uchrashuvda yanvar oyidan beri Ukraina Qurolli kuchlari 80 mingdan ortiq harbiy xizmatchi, 14 ming turli xil qurollar, jumladan 1200 dan ortiq tanklar va boshqa zirhli jangovar mashinalarni yo‘qotganini aytdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi