TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Ramazon hayiti 10-aprel kuni nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi onlayn majlisidan so‘ng ma’lum qildi.
"O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda joriy yilda diyorimizda Ramazon hayiti 2024-yil 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qiladi", - deyiladi xabarda.
Ushbu qaror ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan falakiy hisob-kitoblar tahlili asosida qabul qilindi.