Tojikiston fuqarolari endi Turkiyaga vizasiz kira olmaydi

Qaror sabablari aytilmagan.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr – Sputnik. Tojikiston fuqarolari endi Turkiyaga vizasiz kira olmaydi. Bu bo‘yicha Turkiya prezidenti qaror imzoladi.
“Turkiyaga umumfuqarolik pasporti orqali kiradigan Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qilishga qaror qilindi”, — deyiladi prezident Rajab Toyyib Erdog‘an imzolagan hujjatda.
Qaror sabablari aytilmagan.
Turkiya OAVning xabar berishicha, “Krokus Siti Xoll”dagi teraktni sodir etganlikda ayblanayotgan ikki nafar shaxs yanvar-mart oylarida Istanbulga tashrif buyurgan va mehmonxonalarda yashagan, biroq ularning uchishdan bir necha kun oldin nima qilgani sirligicha qolmoqda.
"Krokus"da terakt uyushtirganlar aslida ikkita maqsadni ko‘zlagan