Poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da 26-28 mart kunlari “Oziq-ovqat mahsulotlari, ingrediyentlar va ishlab chiqarish texnologiyalari – UzFood 2024” 23-xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Bu yil "UzFood" o‘z tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichni namoyish etmoqda - ko‘rgazmada 26 ta mamlakatdan 370 tadan ortiq kompaniya ishtirok etmoqda. O‘zbekiston, Avstriya, Ozarbayjon, Belarus, Bolgariya, Vyetnam, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Eron, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Singapur, Turkmaniston, Turkiya shular jumlasidandir.
Eng ko‘p kompaniyalar Xitoy (116 kompaniya), Rossiya (84), Turkiya (23), Germaniya (21), Belarus (18) tomonidan taqdim etilgan.
Rossiya Federatsiyasi stendlari Vladimir, Kurgan, Moskva, Nijniy Novgorod, Omsk, Razan viloyatlari, Oltoy va Primorsk o‘lkalari, shuningdek, Moskva tomonidan taqdim etilgan. Ular keng turdagi uskunalar (qadoqlash, go‘shtni qayta ishlash, oziq-ovqat, chakana savdo) va tayyor mahsulotlarni (kungaboqar yog‘i, muzqaymoq, sut konservalari, quruq sut, sariyog‘, ichimliklar, sog‘lom oziq-ovqat, baliq va dengiz mahsulotlari va boshqalar) namoyish etishmoqda.
“Zavodimizda kungaboqar yog‘i ishlab chiqariladi, bu yerda distributorlik kompaniyasi tashkil etib, O‘zbekiston bozoriga chiqishni rejalashtirganmiz, – deydi "Altayskoe pomestye" mas’uliyati cheklangan jamiyati savdo bo‘yicha menejeri Yelena Polyakova.
Bu yil ko‘rgazma pavilonlari mavzular bo‘yicha ajratilgan. Birinchi pavilonda ishlab chiqaruvchilar go‘shtni qayta ishlash, sut va yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqarish, qandolatchilik sanoati, non va muzlatgichlar, shuningdek, sabzavot va mevalarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan oziq-ovqat uskunalarini taqdim etilmoqda.
“Biz plastik qadoqlash va aralash materiallar ishlab chiqaruvchilarmiz. Biz O‘zbekistondagi ko‘rgazmaga ilk bor keldik va biz o‘zimizni O‘zbekistondagi sut zavodlari uchun ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi sifatida e’lon qilmoqchimiz”, —dedi Sputnik muxbiriga "Kayros" AJ savdo bo‘yicha menejeri Tatyana Sergiyevich.
Ko‘rgazmaning yana bir bo‘limi “Qadoqlash. Uskunalar va materiallar - O’ZuPACK” deb nomlanadi. Qadoqlash sohasi yetakchilari matbaa va fleksografik uskunalar, to‘ldirish va yopish uskunalari, qopqoqlar, yumshoq, qog‘oz va vakuumli qadoqlar, markalash va yorliqlarni taqdim etdi.
Tayyor mahsulotlar, jumladan, go‘sht va parranda go‘shti, sut mahsulotlari, qandolat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ikkita pavilonda yig‘ildi.
Tashkilotchilarning fikricha, ko‘rgazma faxri uning doimiy ishtirokchilari bo‘lib, ularning mahsulotlari O‘zbekiston bozorida allaqachon yaxshi tanilgan. Ular orasida, masalan, Lyublin konserva zavodi mahsulotlarini eksklyuziv eksport qiluvchi hisoblanadi.
“Mahsulotlarimiz O‘zbekistonda anchadan beri, Sovet Ittifoqi davridan ma’lum bo‘lgan. Bu ko‘rgazmada biz sut konservalari va quruq sut mahsulotlarini namoyish etdik, – deydi "Sibirskiy" savdo uyi bosh direktori Sergey Xarkov.
Ko‘rgazma davomida ishlab chiqaruvchilar oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligidagi ilg‘or yechimlarni ham muhokama qilishadi. Xususan, qadoqlash va muzlatishning innovatsion yondashuvlari, ishlab chiqarish jarayonlari samaradorligini oshirishga yordam beruvchi muhandislik yechimlari haqida so‘z boradi.
Ko‘rgazma “O‘zekspomarkaz”da 28-martga qadar davom etadi.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.