Putin migratsiya sohasidagi vaziyatni nazoratga olishga ko‘rsatma berdi

Putin: migratsiya sohasidagi vaziyat nazorat ostida bo‘lishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Migratsiya masalalari bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida bo‘lishi kerak, dedi Vladimir Putin Bosh prokuratura hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida.

“Men jinoyatga qarshi qo‘shimcha, profilaktika va boshqa chora-tadbirlar tizimini o‘ylab ko‘rishni so‘rayman. Jumladan, nazorat, migratsiya sohasidagi qonun ustuvorligiga rioya qilish – bu sohadagi vaziyat juda muhim va millionlab odamlarni tashvishga solmoqda va nazorat ostida bo‘lishi shart”, — dedi Rossiya prezidenti.

U o‘z nutqi avvalida yaqinda “Krokus Siti Xoll”da sodir etilgan terakt mavzusiga to‘xtalib o‘tdi. Davlat rahbari ta’kidlaganidek, u prokurorlar terrorchilarning adolatli jazolanishi uchun barcha zarur choralarni ko‘rishini kutmoqda.
Bosh prokuror Igor Krasnov, o‘z navbatida, ijrochilar va buyurtmasilar "muqarrar ravishda jazoga tortilishiga" ishontirdi. Shuningdek, u 2023-yilda migrantlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 75 foizga oshganini aytdi.