O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi oshmoqda

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd dollardan oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 10,5 % ga oshgan, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 9,9 mlrd dollardan oshgan.
Putinning saylovdagi g‘alabasi O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlaydi — ekspert
“Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 940,3 mln dollarga yoki 10,5 % ga oshgan”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekistonning 2023-yildagi tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi - tafsilotlar
Toshkent shahri O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori 40,1 % ulushni egallagan. 2 oyda qariyb 4 mlrd dollarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston jahonning 198 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. O‘tgan yilning yanvar-oktabr oylarida tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (21,2 %), Rossiyada (15,6 %), Qozog‘istonda (7,0 %), Turkiyada (5,1 %) va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan.
O‘zbekistonning YeOII bilan tashqi savdo aylanmasi qanday o‘zgardi?