Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi

Bayram tabrigida davlat rahbari o‘zbekistonliklarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va faravonlik tiladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev "Xumo-arena"da bo‘lib o‘tayotgan bayrami tantanasida O‘zbekiston xalqini Navro‘z bilan tabrikladi.
"Qadrli do‘stlar!
Dunyodagi vaziyat tobora murakkab va tahlikali tus olayotgan hozirgi kunda Navro‘z Yer yuzida turli xalqlar va millatlar o‘rtasida tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashdek ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.<...>
Bu yilgi Navro‘z bayrami fazilatli Ramazon oyida bo‘lib o‘tayotgani uning fayzu tarovatini yanada ziyoda qilmoqda.
Ushbu muborak ayyomda mamlakatimiz mo‘min-musulmonlarini, butun islom ummatini yana bir bor qutlab, ularning chin dildan qilayotgan duolari ijobat bo‘lishini Parvardigori olamdan so‘raymiz.
Pozdravlenie Shavkata Mirziyoyeva s prazdnikom Navruz
Aziz va muhtaram vatandoshlarim!
Mana shu bahoriy lahzalarda barchamiz ulug‘ ajdodlarimizning tilaklariga qo‘shilib, ilohim, har kunimiz Navro‘zdek go‘zal, Navro‘zdek fayzli va mazmunli bo‘lsin, deb niyat qilamiz.
Barchangizga sihat-salomatlik, yangi yutuq va zafarlar, oilaviy baxt va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!", - deb so‘zini yakunladi Shavkat Mirziyoyev.
Tadbirda O‘zbekistonda yashayotgan turli millatlarning milliy uyushmalar vakillari, diplomatik korpus vakillari taklif qilindi. Prezident tabrik so‘zidan so‘ng bayram tadbiri tantanali konsert bilan davom etdi.
Pozdravlenie Shavkata Mirziyoyeva s prazdnikom Navruz