Moped va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilishi mumkin

2025 yil 1-yanvardan ro‘yxatga olinmagan bu turdagi transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. O‘zbekistonda moped va skuterlar uchun alohida davlat raqami belgilari joriy etilishi mumkin. Bu IIV ishlab chiqqan va muhokamaga qo‘ygan qonun loyihasidan ma’lum bo‘ldi.
Hujjat bilan moped va skuterlar uchun alohida ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini joriy etish rejalashtirilgan.
2024 yil 1-iyuldan bu turdagi yangi transport vositalari umumiy tartibda, foydalanishda bo‘lganlari vaqtinchalik nizom asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Shuningdek, 2024-yil 1-iyulga qadar moped va skuterlarni sotish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus savdo tashkilotlar (ishlab chiqaruvchi, uning vakili yoki vositachi (distributorlik, dilerlik) tashkilotlari) YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi “Transport vositalari hisob ma’lumotnomalari” moduliga integratsiya qilininadi. Bunday transport vositalari uchun hisob-ma’lumotlarni elektron shaklda berilishini ta’minlanadi.
2025 yil 1-yanvardan boshlab ro‘yxatga olinmagan bu turdagi transport vositalaridan foydalanish amaldagi qonunchilik talablari asosida taqiqlanadi.
Eslatamiz, 2024-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda moped, skuter va shunga o‘xshash elektr bilan harakatlanuvchi transport vositalarini boshqarish uchun “A” toifadagi haydovchilik guvohnomasi talab qilinadi.
Yo‘l harakati qoidalariga skuter va elektrosamokatga oid qo‘shimcha kiritilishi mumkin