TOShKENT, 21 mar – Sputnik. Belgorod viloyati osmonida o‘nta "Vampire" raketalari urib tushirildi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Moskva vaqti bilan 08:00 atrofida Kiyev rejimi tomonidan RM-70 "Vampire" ko‘p raketali tizim yordamida Rossiya hududidagi nishonlarga terrorchilik hujumi uyushtirishga urindi. O‘nta raketa navbatchi havo himoya kuchlari yordamida yo‘q qilindi”, - dedi vazirlik.
Bundan biroz oldin Belgorod va Belgorod viloyatida raketa tahdidi e’lon qilingan edi. RIA Novosti muxbirining xabar berishicha, shaharda sirena ishlagan va osmonda portlashlar eshitilgan.
Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegarasi 350 kilometrni tashkil qiladi. So‘nggi bir necha kun davomida Ukraina Qurolli kuchlari chegaradosh viloyatlariga har kuni havo zarbasi berishga urinmoqda. Chorshanba kuni Belgorodni otishma chog‘ida bir kishi halok bo‘ldi, Grayvoron tumanida ikki nafar tinch aholi jarohatlandi.
Rossiya hukumati xavfli hudulardan 9 ming nafar bolalarni evakuatsiya qilishga qaror qildi.
Rossiya hukumati xavfli hudulardan 9 ming nafar bolalarni evakuatsiya qilishga qaror qildi.