O‘zbekiston va YeOII

Putin YeOII yubiley yig‘ilishi qachon va qayerda o‘tkazilishini ma’lum qildi

Putin YeOII yubiley yig‘ilishi 8-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Moskvada 8-may kuni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) yubiley yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati rahbari Baxitjan Sagintayev bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Sizlar 8-may kuni Moskvada o‘tkazadigan yubiley tadbiriga hozirdanoq tayyorgarlikni boshlaganingizni bilaman”, — dedi Putin.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya tomoni YeOIIdagi hamkorlar bilan uchrashishga tayyor.
"Biz bunga tayyormiz. Bilasiz, biz har doim bunday ishlarni mamnuniyat bilan qilamiz va bajaramiz. Biz barcha hamkasblarimizni qabul qilamiz", - deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda raislik qilish Rossiyadan Armanistonga o‘tdi