TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) o‘tkaziladigan birinchi keng ko‘lamli qo‘shma tanlov natijalari iyun oyining boshlarida e’lon qilinadi. Bu haqda YeIK maqsadli loyihalari markazi direktori o‘rinbosari, tanlov koordinatori Nikolay Rabsev ma’lum qildi.
Avvalroq YeOIIda birinchi keng ko‘lamli qo‘shma tanlov e’lon qilingani xabar qilingan edi. Tanlov koordinatori Nikolay Rabsev qo‘shma tanlovining muhim mezonlari haqida ma’lumot berdi.
“Biz “Yevrosiyo integratsiyasi ramzlari” - keng ko‘lamli qo‘shma loyihalarning birinchi tanloviga arizalarni ochdik. Tanlovdan ko‘zlangan maqsad - bir necha a’zo davlat ishtirokida yangi, texnologik ilg‘or, raqobatbardosh loyihalarni aniqlashdan iborat”, — deydi Rabsev.
Tanlov 4 bosqichda o‘tkaziladi, arizalar aprel oyi oxirigacha qabul qilinadi. Natijalar iyun oyining boshlarida e’lon qilinadi.
Tanlovda ishbilarmon doiralar, hukumat tashkilotlari va hatto jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Loyihalarni tanlashda muhim mezonlar: ishtirokchilar soni, integratsion yshnalishga ega bo‘lishi, mahalliylashtirish, masshtablash, texnologik samaradorlik, yangilik va raqobatbardoshlik.