TOShKENT, 19 mar — Sputnik. AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, Ukraina mojarosini muzokaralar yo‘li bilan hal qila olishini aytdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyga aytadigan gapi bor.
“Biz ularni birlashtirishimiz kerak va men aytaman: sizlar buni qilishingiz kerak (kelishish - tahr.). Va men ularning har biriga butun dunyoga aytmaydigan ba’zi narsalarni aytaman. Ammo men buni uddalay olaman deb o‘ylayman”, — dedi Tramp amerikalik tele va radio boshlovchisi Sebastan Gorkiy podkastiga bergan intervyusida.
Tramp Rossiya rahbarini juda yaxshi bilishini va u bilan o‘tmishda bir necha bor Ukraina masalasini muhokama qilganini, AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden esa mojaro haqida aytilishi kerak bo‘lgan narsaning mutlaqo aksini aytadi.
"Bayden eng yomon narsalarni aytdi, u buni osonlik bilan to‘xtatishi mumkin edi, lekin u aytishi kerak bo‘lgan narsaning aksini aytdi", — dedi AQShning sobiq prezidenti.
Tramp prezidentlik kampaniyasi davomida bir necha bor Ukraina atrofidagi vaziyatni saylovlarda g‘alaba qozonish orqali hal qilishga va’da bergan. Siyosatchining fikricha, u buni inauguratsiyadan oldin qiladi.