TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston iste’mol qilinadigan suv hajmini aniq hisoblash imkonini beruvchi hisoblagichlar o‘rnatishga kelishib oldi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi xabar berdi.
Qozog‘iston O‘zbekiston hududida, O‘zbekiston tomoni esa Qozog‘iston hududida hisoblagichlarni o‘rnatadi. Bundan tashqari, tomonlar onlayn rejimda axborot almashishga kelishib olishdi.
Shunday qilib, Qozog‘iston O‘zbekistonda, O‘zbekiston tomoni esa Qozog‘iston tomonidan to‘plangan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Erishilgan kelishuv geografik jihatdan darolar manbalariga kirish imkoniyati kamroq bo‘lgan mamlakatimiz manfaatlari uchun muhim”, — deyiladi xabarda.
Ayni paytda har ikki davlat mutaxassislari suv hisoblagichlari qayerga o‘rnatilishini hal qilishmoqda. Ularni loyihaga jalb etish yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan ham muzokaralar olib borilmoqda.
“Hisoblagichlarning o‘rnatilishi har ikki davlat tomonidan iste’mol qilinadigan suv hajmini onlayn rejimda kuzatish imkonini beradi. Aprel oyida biz boshqa qo‘shnilarimiz bilan ham shu kabi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirganmiz”, — dedi suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov.