TOShKENT, 19-mart – Sputnik. O‘zbekistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan dam olish kunlari 4 kun — 21-24 mart kunlari davom etadi. Respublika aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida "Afrosiyob" elektropoyezdlarida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi hamda reyslarga chegirmalar joriy etiladi.
“Uzbekistan Airways” O‘zbekiston bo‘ylab barcha reyslarga 30 foizlik chegirma e’lon qildi. Unga ko‘ra, 21-martdan 24-martgacha amalga oshiriladigan reyslar uchun chiptalarni arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish mumkin. Mazkur imkoniyat ham ekonom, ham biznes-klass uchun amal qiladi.
Masalan, Toshkentdan Samarqandga ekonom klassdagi samolyot chiptasi 234 ming so‘m, biznes-klass uchun esa 482 ming so‘mni takshil qiladi. Toshkentdan Xivaga 715 ming so‘mga uchish mumkin.
Shu bilan birga, aviakompaniyaning aniqlik kiritishicha, avval sotib olingan chiptalarni chegirma bilan qayta rasmiylashtirib bo‘lmaydi. Bolalar uchun chegirma – 30% (bu holda uni to‘g‘ri hisoblash uchun e’lon qilingan chegirma miqdori kattalar uchun tarifning 48% ni tashkil qiladi).
O‘zbekiston ichida Toshkentdan respublikaning 8 ta shahri — Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Termiz, Urganch va Nukusga muntazam qatnovlar mavjud.
"Afrosiyob" tezurar poyezdida sayohat qilishni xohlovchilar uchun quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi:
17 martdan 22-martgacha: Samarqand – Toshkent – Samarqand;
20 martdan 21-martgacha: Toshkent – Qarshi – Toshkent;
19 martdan 21-martgacha: Toshkent – Urganch – Toshkent.
Bundan tashqari, yo‘lovchi poyezdlarida quyidagi yo‘nalishlarda qo‘shimcha vagonlar paydo bo‘ladi:
Toshkent – Termiz – Toshkent;
Toshkent – Urganch – Toshkent;
Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent;
Andijon – Xiva – Andijon.
Ushbu yo‘nalishlarga chiptalar narxi 204 ming so‘mdan boshlanadi.