Eron kompaniyasi O‘zbekistondagi madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishda qatnashmoqchi

Iranskaya kompaniya zainteresovana v uchastii v vosstanovlenii obyektov kulturnogo naslediya v Uzbekistane
O‘zbekiston elchisi Eroning "Razigaran Arg-e Azadi Consulting Engineers Company" kompaniyasi direktori bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Eron kompaniyasi O‘zbekistondagi madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha loyihalarda qatnatish taklifini bildirdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekiston elchisi Fariddin Nasriyev Eroning "Razigaran Arg-e Azadi Consulting Engineers Company" kompaniyasi direktori Alirizo Anisi bilan uchrashdi.
Alirizo Anisi O‘zbekistonning Markaziy Osiyoning eng yetakchi mamlakatlaridan biri sifatida bilishini aytdi. U o‘zbek tadbirkorlari bilan birgalikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor.
"Shuningdek, O‘zbekistondagi madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish bo‘yicha loyihalarda qatnatish taklifini ham ilgari surdi", — deyiladi xabarda.
Tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikning istiqbollari xususida fikr almashishdi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng Eron tomoni diplomatik missiya binosida tashkil etilgan o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari bilan bezatilgan va O‘zbekiston urf-odatlari va an’analari aks etgan burchak bilan tanishdi.
O‘zbekiston va Eron talaba qizlar uchun almashinuv dasturlarini ishlab chiqishga kelishib oldi
Samarqandda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Xalqaro kongres o‘tkazildi.
O‘zbekiston Eronda saqlanayotgan o‘zbek xalqi tarixiga doir hujjatlarni o‘rganadi