O‘zbekistonda Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish jarayoni mahalliy vaqt bilan soat 08:00 da boshlandi.
Rossiya prezidenti saylovi uchun Toshkent va Samarqandda tashkil etilgan saylov uchastkalari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Toshkentdagi Rossiya Federatsiyasi elchixonasida katta navbat yuzaga keldi. Ovoz berish uchun kelganlar taxminan 400 metrlik navbat tashkil etishgan.
"Toshkent va Samarqandda ovoz berishni xohlovchilar katta navbat hosil qilmoqda. Odamlar butun oilalari bilan kelishmoqda. Soat 14:00 holatiga ko‘ra 2 mingdan ortiq Rossiya fuqarolari ovoz berdi", — deydi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Qayd etilishicha, bolali ayollar va pensionerlarga navbatsiz kirishga ruxsat berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren va Chirchiq shaharlarida yashovchi fuqarolar uchun Toshkent shahridagi saylov uchastkasiga olib borish uchun avtobuslar tashkil etilgan.