TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Toshkentda soat 18.00 ga qadar Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovida deyarli 3,5 ming rossiyalik ovoz berdi. Bu haqda uchastka saylov komissiyasi kotibi Irina Belkina Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.
Samarqandda tashkil etilgan saylov uchastkasida ovoz berganlar soni 511 nafarni qayd etdi.
Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren va Chirchiq shaharlarida yashovchi fuqarolar uchun Toshkent shahridagi saylov uchastkasiga olib borish uchun avtobuslar tashkil etildi.
O‘zbekistonda ovoz berish uchun 17-mart kuni Toshkent va Samarqandda saylov uchastkalari ochildi. Saylov uchastkalari bugun mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da yopiladi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: Leonid Sluskiy (LDPR), Nikolay Xaritonov (KPRF), Vladislav Davankov (Novie lyudi) va Vladimir Putin (mustaqil nomzod).