Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

O‘zbekistonda Rossiya prezidenti saylovi bo‘yicha ovoz berish jarayoni yakunlandi

Saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, bulletenlarni sanash jarayonlari boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekiston vaqti bilan soat 20:00 da Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish jarayonlari yakunlandi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Toshkent va Samarqandda tashkil etilgan saylov uchastkasida mingdan ortiq Rossiya fuqarolari ovoz berdi.
Rossiya prezidenti saylovida saylovchilarning faolligi 70% dan oshdi
Saylov uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, bulletenlarni sanash jarayonlari boshlandi.
Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: Leonid Sluskiy (LDPR), Nikolay Xaritonov (KPRF), Vladislav Davankov (Novie lyudi) va Vladimir Putin (mustaqil nomzod).
MDH missiyasi Rossiyadagi saylovlar qanday o‘tayotganini ma’lum qildi
Toshkentdagi saylov uchastkasida katta navbat hosil bo‘ldi — foto, video
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovi: O‘zbekistonda ovoz bergan rossiyaliklar soni ma’lum qilindi