O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Fan olimpiadalarini o‘tkazish va iqtidorli o‘quvchilarni saralash boshqarmasi xabar berdi.
Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

"O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi", —deyiladi xabarda.

Adigeya Respublikasida 11-16 mart kunlari IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi shu yilning 10-11 fevral kunlari Toshkentda o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 4 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.