Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

MDH missiyasi Rossiyadagi saylovlar qanday o‘tayotganini ma’lum qildi

MDH missiyasi rahbari: Rossiyada saylovlarda ovoz berish tinch, og‘ishlarsiz davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasida prezident saylovida ovoz berish tinch, uyushqoqlik bilan, hech qanday og‘ishlarsiz o‘tmoqda. Bu haqda MDH kuzatuvchilari missiyasi rahbari, Hamdo‘stlik Bosh kotibi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
“Ovoz berish Rossiya qonunchiligidan chetga chiqmasdan, xotirjamlik bilan tashkil etilgan”, — dedi missiya rahbari.
“Bizda bor-yo‘g‘i 194 nafar kuzatuvchi bor, biz Kaliningraddan Vladivostokgacha bo‘lgan 28 ta hududni qamrab olamiz...Tez orada, ertaga yakuniy bayonotlarimizni e’lon qilamiz. Tabiiyki, biz yakuniy bayonotlarni faqat kuzatishlarimiz natijalariga, o‘z kuzatishlarimiz asosida tayyorlaymiz”, — dedi missiya rahbari.
Shuningdek, barcha uchastkalar zarur texnik vositalar va axborot materiallari bilan jihozlanganini ta’kidladi.
Rossiya Federatsiyasidagi prezidentlik saylovlarida 129 davlatdan 1115 nafar xalqaro kuzatuvchi ishtirok etmoqda.
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish darajasi 61 foizga yetdi — MSK