TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti saylovining birinchi kuni Moskva vaqti bilan soat 15:22 da butun Rossiya bo‘yicha saylovchilarning 17,92 % ovoz berishga ulgurdi, deb xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi.
Rossiyada 2024-yilgi prezident saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Rossiya bo‘ylab 94 mingdan ortiq saylov uchastkalari ochilgan. Saylovchilar soni 112 mlndan ortiqni tashkil qiladi.
Saylovlarda to‘rt nafar nomzod – “Novie lyudi” partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Vladislav Davankov, LDPR yetakchisi Leonid Sluskiy va Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi Prezidiumi a’zosi Nikolay Xaritonov, shuningdek, amaldagi prezident Vladimir Putin o‘zini o‘zi ko‘rsatgan nomzod sifatida kurashmoqda.