Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil

Muddatidan oldin ovoz berishda 2,6 mln saylovchi qatnashdi — Pamfilova

Muddatidan oldin ovoz berish 25-fevraldan 14-martga qadar DXR, LXR, Zaporojye va Xerson viloyatlarida hamda uzoq va borish qiyin bo‘lgan hududlarda o‘tkazilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti saylovlarida deyarli 2,6 million kishi muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalandi, dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova.

“Mamlakat bo‘ylab 2,6 million saylovchi muddatidan oldin ovoz berish imkoniyatidan foydalangan”, - dedi Pamfilova MSK axborot markazida.

Muddatidan oldin ovoz berish 25-fevraldan 14-martga qadar o‘tkazilgan. Unda DXRda 1 171849 nafar, LXRda 326 379 nafar, Zaporojye viloyatida 242 046 nafar va Xerson viloyatida 280 566 saylovchi ishtirok etgan.
MSK xabariga ko‘ra, Rossiya prezidenti saylovida ovoz berishning birinchi kunida Moskva vaqti bilan soat 11.36 ga ko‘ra, saylovchilarning ishtiroki 5,42 foizni tashkil etmoqda.
Ma’lumot uchun, 2024-yilgi Rossiya prezidenti saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Davlat rahbari lavozimiga to‘rt nafar nomzod ro‘yxatga olingan: Leonid Sluskiy (LDPR), Nikolay Xaritonov (KPRF), Vladislav Davankov (Novie lyudi) va Vladimir Putin (mustaqil nomzod).
Rossiya prezidenti saylovi — 2024-yil
Rossiya prezidenti saylovi yuqori saviyada tashkil etilgan — Nizamxodjayev