TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev prezident saylovida shaxsan o‘zi saylov uchastkasiga kelib ovoz berdi.
U turmush o‘rtog‘i Svetlana bilan "Gorki"dagi Yoshlar uyidagi 2074-sonli saylov uchastkasiga keldi.
"Bugun ovoz berishning birinchi kuni, shuning uchun biz birinchi qatorlarga chiqdik. Hatto bugun Svetlana Vladimirovnaning tug‘ilgan kuni, shunga qaramay, biz shu yerdamiz. Barchani ovoz berishda ishtirok etishga taklif qilamiz", - dedi Medvedev.
Olti yil avval, Rossiya hukumati rahbari bo‘lgan Medvedev rafiqasi Svetlana bilan Moskvadaning Ramenki hududidagi 2760-saylov uchastkasida ovoz bergan edi.
Rossiyada 2024-yilgi prezident saylovida ovoz berish 3 kun davom etadi: 15, 16 va 17-mart kunlari. Saylovlarda to‘rt nafar nomzod – “Novie lyudi” partiyasi tomonidan ko‘rsatilgan Davlat Dumasi spikeri o‘rinbosari Vladislav Davankov, LDPR yetakchisi Leonid Sluskiy va Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi Prezidiumi a’zosi Nikolay Xaritonov, shuningdek, amaldagi prezident Vladimir Putin o‘zini o‘zi ko‘rsatgan nomzod sifatida kurashmoqda.
Rossiya bo‘ylab 94 mingdan ortiq saylov uchastkalari o‘z eshiklarini ochadi. Saylovchilar soni 112 mlndan ortiqni tashkil qiladi.