O‘zbek-qirg‘iz ishbilarmonlari oziq-ovqat ishlab chiqarmoqchi

O‘zbekiston-Qirg‘iziston Ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qirg‘iziston kompaniyalari o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zaro ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston Ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi asosiy masalalar O‘zbekiston-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shma tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘ldi.
Bundan tashqari, tez buziladigan mahsulotlar uchun yashil yo‘lak, umumiy laboratoriya, sanitariya nazorati, qo‘shimcha nazorat-o‘tkazish punktlari ochish va temir yo‘l orqali yuk tashish hajmini oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston Ishbilarmonlar kengashining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

"Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida Qirg‘izistonning “Alaiku Organics” va O‘zbekistonning “Milk House” kompaniyasi o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlarini o‘zaro ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi, shuningdek, B2B formatidagi uchrashuvlar yakuni bo‘yicha bir qator shartnomalar imzolandi", — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi 5-yilda 5 barobarga oshib, 2023-yil yakuniga ko‘ra qariyb 1 milliard dollarni tashkil etdi.