O‘zbekiston elchisi Qatar bosh prokurori bilan uchrashdi

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xodjayev Qatar bosh prokurori Iysa bin Saad al-Jafariy al-Nuaymiy bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Qatar prokuratura organlari o‘rtasida hamkorlik yanada kengaytiriladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Ashraf Xodjayev Qatar bosh prokurori Iysa bin Saad al-Jafariy al-Nuaymiy bilan uchrashdi. Unda qayd etilishicha, prokuratura organlari o‘rtasida aloqalarni yanada rivojlantirish va kengaytirish muhim.
“Bosh prokuror Qatar Amiri tomonidan ta’sis etilgan "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak mukofoti"ning tantanali taqdirlash marosimi Toshkentda yuksak darajada tashkil etilgani uchun o‘zbek tomoniga minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv so‘ngida tomonlar prokuratura organlari vakillarining 2024-yilda o‘zaro tashriflarini tashkil etish, tajriba almashish va qo‘shma tadbirlarni tashkil etish to‘g‘risida kelishib olishdi.
O‘zbekiston va Qatar prokuraturalari o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi