TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Avdeyevka ozod etilganidan keyin Rossiya harbiylarining oldinga siljishi natijasida Ukraina yanada ko‘proq hududini yo‘qotishi mumkin, deb yozadi “Business Insider”.
“Ukraina hali ko‘p yo‘qotishi mumkin, chunki Rossiya harbiylari Avdeyevka ustidan nazoratni qo‘lga kiritgach, oldinga siljishda davom etmoqda”, - deyiladi materialda.
Jurnalistning ta’kidlashicha, rus qo‘shinlari oldinga siljish tezligini pasaytirmagan va Avdeyevkadan keyin bir qancha qishloqlarni ozod qilgan.
“Ukraina resurslari tez tugaydi va agar u o‘z vaqtida kerakli texnikalarni olib, kuchli mudofaa qura olmasa, ruslar uni osonlikcha yorib o‘tishadi”, - deb ta’kidladi kuzatuvchi.
Fevral oyi boshida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Qurolli Kuchlari rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan selektor yig‘ilishida Ukrainaning yanvar oyida yo‘qotishlari 23 ming kishidan oshganini e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, Kiyev o‘zining qolgan zaxiralarini jangga tashlamoqda va mudofaa qulashining oldini olish uchun shoshilinch ravishda majburiy safarbarlikni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, Rossiya bo‘linmalari oldinga siljib, nazorat zonalarini kengaytirmoqda.