"Mening aybim": Mask AQShning kelajagi haqida hayratlanarli bayonot berdi

Mask: AQShning butun federal budjeti qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lashga ketadi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Kelajakda AQSh federal budjeti qarzlar bo‘yicha foizlarni to‘lashdan boshqa hech narsa uchun yetarli bo‘lmaydi. Bu haqda amerikalik tadbirkor Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
U mashhur Shibetoshi Nakamoto ijtimoiy sahifasining xabariga shunday izoh berib, davlat qarzi bilan bog‘liq muammolarga qaramay, AQSh hukumati Ilon Maskni hamon asosiy muammo deb bilishini kinoya qildi.
"Shubhasiz, bu mening aybim", — deb hazillashdi Mask. "Ammo, jin ursin, biz bu haqda nimadir qilsak yaxshi bo‘lardi, aks holda butun federal budjet foizlarni to‘lashga ketadi va boshqa hech narsa qolmaydi!" — deb ogohlantirdi.
Nashr AQSh davlat qarzi har yuz kunda bir trillion dollarga oshib borayotgan CNBC materialiga havolani taqdim etdi.
Avvalroq AQSh Kongressining Budjet burosi 2034-yil oxirigacha mamlakatning davlat qarzi AQSh yalpi ichki mahsulotining 116 foizini tashkil qiluvchi mutlaq tarixiy rekordga yetishi haqida hisobot e’lon qilgan edi. Ta’kidlanganidek, Amerika qonunchiligida o‘zgarishlar bo‘lmasa, ushbu sanadan keyin qarz darajasi o‘sishda davom etadi.