TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Fevral oyida prezident Vladimir Putindan intervyu olish uchun Rossiyaga kelgan amerikalik jurnalist Taker Karlson Moskvaning go‘zalligi uni AQSh hukumatidan nafratlantirganini aytdi. Bu haqda u bloger Leks Fridmanning YouTube-kanalidagi efirda ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Bu shahar bizning har qaysi shaharlarimizdan <...> ancha go‘zal. Aytgancha, bu meni Putin borasida ijobiy fikrga ega bo‘lishimga majbur qilmadi. Bu mening o‘z hukumatimdan nafratlanishimga sabab bo‘ldi", – dedi u.
Karlsonning qo‘shimcha qilishicha, u AQShda hali ham shunday go‘zal va xavfsiz shaharlar mavjud bo‘lgan bir paytda o‘sgan, ammo hozir shaharlar qolmagan.
“Gubernatorlar, merlar, prezident buning uchun javobgar bo‘lishi kerak”, – deya xulosa qildi jurnalist.
Taker Karlson Rossiya poytaxtiga tashrifi davomida shaharning diqqatga sazovor joylarini aylanib chiqdi.