“Dushman chuqur eshelonli mudofaa o‘tkazayotganini inobatga olib, biz shunga mos ravishda birinchi eshelonda jang qilyapmiz, bu holatda ertalab dumshanning mag‘lubiyatga uchrayotganini kuzatdik. Pozitsiyalarida AGSdan (avtomatik granata otish moslamasi – tahr.) foydalanildi, yirik kalibrli pulemot ham ishga solindi, dushman yashirinishga uringanida, biz “Metis” tankka qarshi raketa tizimidan foydalandik ", – dedi "Arguna" chaqiruv belgili rota komandiri.
"Birinchi navbatda, biz o‘z batalonimiz, piyoda askarlarimiz – "dalalar malikasi"ni qo‘llab-quvvatlaymiz va shunga ko‘ra zarur bo‘lgan barcha vazifalarni bajarmoqdamiz", – deb qo‘shimcha qildi u.
"Qoidaga ko‘ra, biz dushmanning ikkinchi, uchinchi eshelonini to‘sib qo‘yamiz, bu yerda odatda shaxsiy tarkibning aylanishi, o‘q-dorilar bilan ta’minlanishi, kutish hududi, konsentratsiya hududi, ya’ni deyarli barcha orqa hududlar ... batalonga yetishmayotgan narsalarni biz to‘ldirib turamiz", — deya xulosa qildi “Terek”.