TOShKENT, 26 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) 2023-yilda chakana savdo aylanmasi 2022-yilga nisbatan 6,6 foizga o‘sdi, deya xabar beradi YeIK matbuot xizmati.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining Statistika departamenti 2023-yilning yanvar-dekabr oylari uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy sharhini e’lon qildi.
“YeOIIga a’zo davlatlarning chakana savdo aylanmasi (barcha savdo kanallari orqali) 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida 2022-yilning yanvar-dekabriga nisbatan 6,6 foizga oshdi”, — deyiladi hisobotda.
YeOIIga a’zo davlatlarda chakana savdoning o‘sishi:
Armaniston - 14,2%;
Qirg‘iziston – 11,5%;
Belarus - 8,5%;
Qozog‘iston – 7,7%;
Rossiya - 6,4%.