Toshkentga yangi metro vagonlari olib kelindi

Shu yilning may oyi so‘ngiga qadar yana 8 ta metro poyezdi olib kelish rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Poytaxtga to‘rt vagonli yangi 3 ta zamonaviy metro harakat tarkiblari olib kelindi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" DUK xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu harakat tarkiblari belgilan yo‘riqnomaga asosan, 8-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi yo‘lga qo‘yiladi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
"Yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, yangi harakat tarkiblari asosan, "Yunusobod" va "Yer usti halqa yo‘li yo‘nalishlari"da harakatga chiqariladi", — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2024-yil may oyi so‘ngiga qadar bosqichma bosqich ravishda yana 8 ta metro poyezdi olib kelish rejalashtirilgan.
Toshkent metrosida nimalar taqiqlanadi — video
"Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Toshkent metrosida xizmatlar sifati oshiriladi — tafsilotlar
O‘zbekiston va Qozog‘iston Rossiyaning monorels qurish bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqmoqda