Minskda O‘zbekiston va Belarus MSKlari raislari uchrashdi

O‘zbekiston respublikasi MSK Raisi Zayniddin Nizamxodjayev boshchiligidagi delegatsiya Belarus respublikasining yagona ovoz berish kunida deputatlarga o‘tkaziladigan saylov jarayonlari kuzatuvida ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekiston MSK delegatsiyasining tashrif dasturi doirasida kecha, 23-fevral kuni MSK raisi Zayniddin Nizamxodjayev Belarus MSK raisi Igor Karpenko bilan uchrashdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.
Karpenko O‘zbekiston MSK delegatsiyasi a’zolarini 2024-yil 25-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan yagona ovoz berish kunidagi saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ular bilan bog‘liq asosiy tadbirlar bilan tanishtirdi.
Nizamxodjayev Karpenkoga saylovlarni monitoring qilishda ishtirok etishga taklif qilgani uchun o‘z minnatdorligini bildirdi va saylovlarni muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonch bildirdi.
U saylovga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari yuqori darajada bo‘lganligi o‘z navbatida katta qoniqish uyg‘otganligini ta’kidladi, MSK faoliyati ochiqligini va xalqaro kuzatuvchilar ishida hamkorlik ko‘rsatayotganini ijobiy baholadi.
Delegatsiya a’zolari qator saylov uchastkalariga tashrif buyurdi.
Belarusda yagona ovoz berish kunida 8-chaqiriq Belarus respublikasi Milliy majlisi Vakillar palatasining 110 nafar deputati va 12 514 nafar 29-chaqiriq mahalliy Kengash deputatlari saylanadi. Mamlakatda 5 411 ta ovoz berish uchastkalari shakllantirilgan. Deputatlarga o‘tkaziladigan saylovlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lib, deputatlar fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar. Vakillar palatasi deputati va mahalliy Kengash deputatining vakolat muddati – 5-yil.