TOShKENT, 23 fev — Sputnik. 2023 yilning yanvar-dekabr oylarida YeOII yalpi ichki mahsuloti 3,8 foizga o‘sdi va 2,4 trillion dollarga yetdi, deya xabar berildi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) saytida.
YeIK Statistika departamenti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahliliy hisobotni e’lon qildi.
“2023 yilning yanvar-dekabr oylarida YeOIIda sanoat ishlab chiqarishi 3,7 foizga, bajarilgan qurilish ishlari hajmi 8,6 foizga, chakana savdo aylanmasi esa 6,6 foizga o‘sdi. 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida yalpi ichki mahsulot, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 2 391,9 milliard AQSh dollarini (2022 yil yanvar-dekabr darajasiga nisbatan 103,8 foiz) tashkil etdi”, — deyiladi hujjatda.
YeOIIda ro‘yxatga olingan ishsizlik darajasi ishchi kuchining 0,8 foizini tashkil etdi.