Charm sanoati: o‘zbekistonlik tadbirkorlar Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatdi

Moskvada "Fashion Style Russia" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik tadbirkorlar Moskvada o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazmada qator kelishuvlarga erishdi, deya xabar berdi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi.
Moskvada charm, poyabzal, kiyimlar va charm-attorlik mahsulotlarining "Fashion Style Russia" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo 20 taga yaqin korxonalar “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendi bilan ishtirok etmoqda.
Dostijeniya uzbekskoy kojevennoy otrasli demonstriruyutsya v Rossii

“Mahalliy korxonalar xorijiy hamkorlar e’tiboriga charm, poyabzal, charm-attorlik buyumlari, qorako‘l va mo‘yna mahsulotlarining 100 dan orti turini taqdim etgan. Xalqaro ko‘rgazma mahalliy korxonalarimizga biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yangi xaridorlar portfelini shakillantirishga xizmat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, O‘zbekistoning “Ulkan Laziz” MChJ Rossiyaning "Divali", "Profi", "Obuvnie texnologii" kabi qator korxonalari bilan samarali muloqot va muzokaralar o‘tkazdi.
Dostijeniya uzbekskoy kojevennoy otrasli demonstriruyutsya v Rossii

"Divali korxonasi" bilan kamarlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tayyor charmni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shartnomaning umumiy summasi 100 ming dollarni tashkil etadi. "Profi" korxonasi esa 200 ming dollarlik charm va kamarlarni O‘zbekistondan xarid qiladigan bo‘ldi. "Obuvnie texnologii" kompaniyasi esa mamlakatimiz korxonalaridan 6 ming juft poyabzal ustki qismlarini oladigan bo‘ldi. Shartnoma qiymati 4 mln rublni tashkil etadi”, — deya qayd etilgan xabarda.

Ko‘rgazma doirasida qorako‘l mahsulotlarini Rossiya savdo tarmoqlariga yetkazib berish, poyabzallar eksporti bo‘yicha ham qator muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazma 22-fevralga qadar davom etadi.