“Kelajak o‘yinlari” birinchi xalqaro multisport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi boshlandi. Marosimda Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va boshqa davlatlar rahbarlari ishtirok etdi.
Rossiyada ilk bor tashkil etilayotgan va 21-fevral – 3-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kelajak O‘yinlari” sportning an’anaviy turlari, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan musobaqadir. Ushbu yirik sport tadbirida 107 ta mamlakatdan 227 ta jamoa, shu jumladan O‘zbekiston sportchilari ishtirok etadi.