Mishustin Samarqandda Rossiya Bosh konsulxonasini ochish bo‘yicha tegishli hujjat imzoladi

Hujjatda Samarqandda Rossiya Bosh konsulxonasini ochish va u yerda o‘z faoliyatini olib boruvchi xodimlar ro‘yxatini shakillantirish belgilangan.
Sputnik
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Samarqandda Rossiya Bosh konsulxonasi ochiladi. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tegishli buyrug‘ imzoladi.
Hujjatda Samarqandda Rossiya Bosh konsulxonasini ochish va u yerda o‘z faoliyatini olib boruvchi xodimlar ro‘yxatini shakillantirish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktabr oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasining Samarqand shahrida Bosh konsulxonasini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolangan edi.
Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Oleg Malginovning so‘zlariga ko‘ra, konsulxonani tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar 2024 yilda boshlanadi.
Samarqandda Rossiya bosh konsulxonasi ochiladi – Malginov