Putin Zelenskiyga qanday noqulay savol berganini aytdi

Rossiya prezidenti hurmat yuzasidan Zelenskiy unga nima deb javob berganiga aniqlik kiritmaslikni ma’qul ko‘rdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Suhbatlardan birida Vladimir Putin Vladimir Zelenskiyga neonatsistlarni nega qo‘llab-quvvatlashi haqida savol bergan, bu haqda Rossiya prezidenti amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, u Zelenskiyga ikki xalq uchun natsizmga qarshi kurashning umumiy tarixi haqida eslatib o‘tgan va bu fakt unga Ukrainadagi neonatsistlarni qo‘llab-quvvatlashga qanday imkon berishini so‘ragan. Rossiya prezidenti hurmat yuzasidan Zelenskiy unga nima deb javob berganiga aniqlik kiritmaslikni ma’qul ko‘rdi.
Putin Zelenskiyni millatchilardan qo‘rqish va Rossiyaga qarshi kurashayotgan har kimdan foydalanadigan AQSh ta’siriga moyil ekanligiga ishonch bildirdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu narsa Zelenskiyni saylovoldi va’dalaridan voz kechishga va jangovar harakatlar to‘xtatilishiga umid qilgan o‘z xalqini aldashga majbur qilgan.
Rossiya prezidenti amerikalik jurnalistga yana nimalar dedi – Kreml saytida o‘qing.
Taker Karlson nima sababdan Putindan intervyu olayotganini tushuntirib berdi