TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida 2023-yilda benzin narxi 7 foizga, dizel yoqilg‘isi 9 foizga, elektr energiyasi 0,3 foizga oshdi, deyiladi YeIK saytida.
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida avtomobil benzini iste’mol narxlari indeksi 2023-yil dekabr oyida yillik ko‘rsatkichda 10,6 foizni, dizel yoqilg‘isi uchun 10,1 foizni, elektr energiyasi uchun to‘lovlar bo‘yicha 10,2 foizni tashkil etdi”, — deyiladi xabarda.
O‘tgan yilning dekabr oyida 2022-yilning shu davriga nisbatan benzin narxining eng katta o‘sishi Armaniston (24,3 foizga) va Qozog‘istonda (13,7 foizga) kuzatildi. Dizel yoqilg‘isi esa Qozog‘iston (15,2 foizga) va Rossiyada (10,0 foizga) oshgan.
Qirg‘iziston (23,1 foizga) va Qozog‘istonda (19,9 foizga) elektr energiyasi narxi oshdi.
YeIK ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil dekabr oyida benzinning o‘rtacha narxi quyidagicha bo‘lgan (litr uchun):
Armanistonda – 1,39 dollar;
Belarusda - 0,73 dollar;
Qozog‘istonda – 0,44 dollar;
Qirg‘izistonda – 0,71 dollar;
Rossiyada – 0,60 dollar.