O‘zbekiston va Belarus hududlararo ikkinchi forumida qanday hujjatlar imzolandi?

Forumda umumiy qiymati 80 million dollar bo‘lgan 20 dan ortiq shartnoma va bitimlar tuzildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Belarus hududlararo ikkinchi forumida qator ikki tomonlama shartnomalar, shuningdek, sarmoyaviy bitimlar va savdo shartnomalari to‘plami qabul qilindi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Forumda ikki davlatning 300 dan ortiq vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari, Savdo-sanoat palatalari, viloyat hokimliklari rahbarlari hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Belarus hududlararo ikkinchi forumi
Qayd etilishicha, so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston va Belarus ishbilarmon doiralarining mintaqaviy vakillarini faol va muvaffaqiyatli hamkorlikka chaqishgan.
Shuningdek, hukumatlar qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklari ta’kidlangan.
O‘zbekiston va Belarus hududlararo ikkinchi forumi
“Savdo uyi tashkil etish, yog‘och va oziq-ovqat mahsulotlarini imtiyozli xarid qilish va tizimli yetkazib berish mexanizmini joriy etish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish ikki davlat munosabatlarining istiqbolli yo‘nalishlaridan ekanligi ta’kidlandi”, — deyiladi xabarda.
Tadbir yakunlari bo‘yicha ikki mamlakat hududlarining o‘zaro tashriflari jadvali, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator ikki tomonlama shartnomalar, shuningdek, sarmoyaviy bitimlar va savdo shartnomalari to‘plami qabul qilindi.
O‘zbekiston va Belarus hududlararo ikkinchi forumi
Belarusning BelTA nashri yozishicha, forumda umumiy qiymati 80 million dollar bo‘lgan 20 dan ortiq shartnoma va bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston va Belarus 2025-yilgacha 1 mlrd dollardan ortiq loyihalarni amalga oshiradi