TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Ka-52M jangovar vertolotlari ekipajlari Ukraina qo‘shinlarining pozitsiyalariga boshqarilmaydigan aviaraketalari bilan hujum qilishdi, Ukraina Qurolli kuchlarining boshqaruv markazi va zirhli texnikasini yo‘q qilindi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.
“Ka-52M vertolotlarida armiya aviatsiyasi ekipajlari zarba berish guruhining bir qismi sifatida Lugansk yo‘nalishida dushman tayanch puktlari va ishchi kuchiga boshqarilmaydigan aviaraketalar yordamida zarbalarni amalga oshirdi. Quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jangovar missiyani bajarish chog‘ida uchuvchilar aviatsion o‘qchining koordinatalariga rioya qilib, raketalarni urdi va Ukraina Qurolli kuchlarining boshqaruv markazi va zirhli texnikasini yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, umuman olganda, armiya aviatsiyasi jangovar hududga qo‘shinlar va harbiy yuklarni yetkazib berish uchun javobgardir. Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlarining samolyotlari va vertolotlari Maxsus harbiy operatsiya ishtirokchilari va qo‘llab-quvvatlash bo‘linmalari karvonlariga havodan hamrohlik qilmoqda.