TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Federatsiya Kengashi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) to‘g‘risidagi shartnomaga o‘zgartirishlar kirituvchi bayonnomani ratifikatsiya qildi, deb yozadi RIA Novosti.
Tasdiqlangan tuzatishlar YeOII davlatlari tomonidan qo‘shma sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishda moliyaviy yordam ko‘rsatishga taalluqli.
Hujjatga muvofiq, ushbu maqsadlar uchun kelgusi moliyaviy yilda YeOII budjetida nazarda tutilgan mablag‘lar miqdori o‘tgan moliyaviy yilda ittifoqqa a’zo davlatlar budjetlariga maxsus, antidemping va kompensatsiya bojlaridan tushgan tushumlarning umumiy miqdorining foizi sifatida belgilanadi.
Bayonnomada ushbu foiz miqdori va moliyaviy yordam shakli Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi tomonidan belgilanishi ham qayd etilgan.
YeOIIga a’zo davlatlar tomonidan loyihalarni tanlash va amalga oshirish, shuningdek, ularga YeOII budjetidan moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi Yevroosiyo hukumatlararo kengashi tomonidan tasdiqlangan reglamentga muvofiq belgilanadi.