TOShKENT, 6 fev — Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden asosiy siyosiy raqibi Donald Trampning debat o‘tkazish taklifini rad etdi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Avvalroq Tramp o‘zining demokrat-vorisi bilan debat o‘tkazish zarurligiga ishonishini, chunki bu mamlakat farovonligi uchun “muhim” ekanligini aytgandi.
"Agar men uning o‘rnida bo‘lganimda, men ham men bilan debatga kirishishni xohlardim. Uning boshqa qiladigan ishi yo‘q", — dedi Bayden muxbirlarga raqibining jamoatchilik muhokamasi taklifini izohlar ekan.
Davlat rahbari, shuningdek, Kongressda Senat tomonidan e’lon qilingan, chegarani himoya qilish, Ukraina va Isroilga yordam berish uchun ajratmalarni birlashtirgan qo‘shimcha moliyalashtirish to‘g‘risidagi murosali qonun loyihasini ma’qullash istiqbollari haqida fikr bildirdi.
Shu nuqtayi nazardan, Bayden Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonga demokrat hamkasblaridan o‘rnak olishni va tashabbusni qo‘llab-quvvatlashni tavsiya qildi.
“Mening spiker Jonsonga murojaatim Senat nima qilayotganiga e’tibor berishdir. Ikki tomonlama kelishuvimiz bor, tafsilotlarni shu hafta ko‘rasiz. U chorshanba kuni ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi”, — dedi AQSh prezidenti.