TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar uchun tariflar oshirildi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, ichimlik suvi aholiga 1 m3 uchun 2000 so‘m, yuridik shaxslarga esa 1 m3 uchun 9000 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, endi oqova suv xizmati uchun aholi 1 m3 uchun 1000 so‘m, yuridik shaxslar esa 1 m3 uchun 2000 so‘m to‘laydi.
Yangi tariflar 20-fevraldan boshlab qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekiston aholisini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 74,4 foizdan (2022 yil) 77,2 foizga ko‘tarildi.