TOShKENT, 4 fev — Sputnik. O‘zbekistonda aholining 56,3 foizi mehnatga loyoqatli, deya xabar berdi Statistika agentligi.
Agentlik 2024-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston doimiy aholisining yosh guruhlari bo‘yicha tarkibini e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar – 11,8 mln kishi (32,1 %)
mehnatga layoqatli yoshdagilar – 20,7 mln kishi (56,3 %)
mehnatga layoqatli yoshdan kattalar – 4,3 mln kishi (11,6 %)
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikada doimiy aholi soni 36,8 million kishini tashkil etdi. Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p fuqaro Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida yashaydi — har birida 4 milliondan ortiq.