TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. "Zapad" qo‘shinlar guruhining 2S19 "Msta-S" o‘ziyurar gaubitsa ekipaji batareyaga qarshi jang davomida Kupansk yo‘nalishidagi maxsus operatsiya hududida Ukraina Qurolli kuchlarining o‘q-dorilar punktini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi jurnalistlarga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Kupansk yo‘nalishida razvedkachilar dron yordamida Ukraina Qurolli kuchlari uchun kamuflyajlangan o‘q-dorilar yetkazib berish punktini aniqladilar va koordinatalarini yo‘q qilish uchun artilleriya qo‘mondonlik punktiga uzatdilar”, — deyiladi xabarda.
Aniqlik kiritilishicha, nishonni yo‘q qilish uchun 152 millimetrli 2S19 “Msta-S” o‘ziyurar gaubitsa tanlangan.
“Zapad” qo‘shinlar guruhi artilleriya tuzilmasi gaubitsa diviziyasi xizmatchilari 152 mm lik o‘ziyurar 2S19 “Msta-S” gaubitsasidan batareyaga qarshi jangda aniqlangan nishonni yo‘q qildi”, — deya qo‘shimcha qildi Mudofaa vazirligi.